Shanba, 12.10.2024, 11:29
Siz qanday kirdingiz Гость | Группа "Гости" | RSS

 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi  rasmiy web saxifasi 


Sayt menyusi
Категории раздела
Tabriklaymiz -qutlaymiz [0]
Tug'ilgan kun, o'quvchilar va o'qituvchilar yutuqlari , Bayram kunlari
Sayt haqida fikringiz
Saytga baho bering
Всего ответов: 12
Статистика

Jami onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0

Главная » 2014 » Oktabr » 18 » Yilning eng yaxshi maktab direktori
19:51
Yilning eng yaxshi maktab direktori
“Yilning eng yaxshi maktab direktori” aniqlandi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi o`tkazildi. Tanlovda barcha hududlardan saralab olingan 28 nafar maktab direktorlari qatnashdi.
Mazkur tanlov Xalq ta`limi vazirligi tomonidan eng ilg`or maktab direktorlarini aniqlash va ularning tajribasini ommalashtirish maqsadida tashkil etiladi. Tanlovda kamida 3 yil direktorlik ish tajribasiga ega, mehnat jamoasi o’rtasida obro’li, maktabda sog’lom muhitni yarata olgan, keyingi 3-5 yil davomida jamoasi muayyan natijalarga erishgan, o’z kasbiga fidoiy, sadoqatli, kompetentli, ijodkor, tashabbuskor bo’lgan maktab direktorlari ishtirok etishi mumkin.
Joriy yilda respublika miqyosida jami 552 nafar maktab direktori o’zlarining “Kelajak maktabi” konsepsiyasi orqali ushbu tanlovning ilk bosqichida qatnashdi. Konsepsiyalar hakamlar hayati tomonidan ko’rib chiqildi va har bir viloyatdan 4 nafardan direktorlar saralab olindi. Mazkur saralab olingan direktorlarning maktablari o’rganib chiqildi. O’rganishlar natijasi asosida har bir viloyatdan 2 nafardan maktab direktori ko’rik-tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.
Ko’rik-tanlovning yakuniy Respublika bosqichida qatnashgan 28 nafar maktab direktori hakamlar hay’ati tomonidan uch tur bo’yicha baholandi. Bular:
1.Dars tahlil qilish;
2.Pedagogik kengashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish;
3.“Kelajak maktabi” konsepsiyasi taqdimoti.
3 tur natijalariga ko’ra har bir viloyatdan g’oliblikni qo’lga kiritgan maktab direktorlari e’lon qilindi. G’oliblarga Xalq ta’limi vazirining “Yilning eng yaxshi maktab direktori” 1-darajali diplomi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni hamda eng kam oylik ish haqining 9 baravari miqdorida pul mukofoti berildi.
Quyida “Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovining g’oliblari bilan tanishasiz:

T/R G’olib ishtirokchining ismi, sharifi Hududlar nomi
1. Qdirniyazov Nurlibek Po’latbekovich Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanidagi 21-sonli maktab direktori
2. Mamajonova Manzuraxon Kamolovna
Andijon viloyat Shaxrixon tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori

3. Burxanova Xafiza Madjitovna Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 17-sonli maktab direktori
4. Xalilov Dilshod Muzaffarovich Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 13-sonli maktab direktori
5. Abdullayev Kamtar Nuraliyevich Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 26-sonli maktab direktori
6. Bo’riyev Fozil Azamatovich Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-sonli maktab direktori
7. Latipova Maxmudaxon Komilovna Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 43-ixtisoslashtirilgan maktab direktori
8. Nosirova Muxayyo Baxtiyorovna Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 11-ixtisoslashtirligan maktab direktori
9. Jonnazarova E’tibor Xudoynazarovna Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 1-sonli maktab direktori
10. Qorayeva Raxobza Xursandovna Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 62-sonli maktab direktori
11. Akromova Viloyat Jo’rayevna Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 6-sonli maktab direktori
12. Usmonova Xolisxon Islomovna Farg’ona viloyati Quva tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori
13. Yusupov Matkarim Rajabovich Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 5-sonli maktab direktori
14. Xusanboyeva Nilufar Qosimboyevna Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli maktab direktori
Прикрепления: Kartina 1
Просмотров: 964 | Добавил: maktab41changi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Saytga kirish
Sytdan qidirish
Taqvim
«  Oktabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2024
Конструктор сайтов - uCoz