Shanba, 12.10.2024, 11:25
Siz qanday kirdingiz Гость | Группа "Гости" | RSS

 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi  rasmiy web saxifasi 


Sayt menyusi
Категории раздела
Tabriklaymiz -qutlaymiz [0]
Tug'ilgan kun, o'quvchilar va o'qituvchilar yutuqlari , Bayram kunlari
Sayt haqida fikringiz
Saytga baho bering
Всего ответов: 12
Статистика

Jami onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0

Главная » 2014 » Oktabr » 19 » Ona tili va adabiyot
16:15
Ona tili va adabiyot
ONA TILI
Ona tili — millat tafakkurini ifo¬dalovchi, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi eng asosiy vositadir. O‘tkaziladigan har bir mashg‘ulot tilimizning beqiyos go‘zalligi, joziba va qudratini o‘rganishga qiziqish uyg‘otishi, uning keng qonuniyatlari bilan tanishtirishi zarurki, bu zamonaviy ta’limni yo‘lga qo‘yishda eng asosiy va muhim omillardan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab¬la¬rining ona tili Davlat ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar uch yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
Birinchi ko‘rsatkich — o‘qish texnikasi orqali o‘quvchining notanish matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi aniqlanadi.
Ikkinchi ko‘rsatkich – o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘lib, bolaning og‘zaki bayon qilinayotgan fikrlarni hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan.
Uchinchi ko‘rsatkich – fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi hisoblanadi. Ona tili ta’limining maqsadi shu yo‘nalishda mujas¬samlashadi.
An’anaviy Avgust kengashlarining ona tili fani bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlarida ham Davlat ta’lim standartlarida qayd etilgan talablarning ta’lim muassasalaridagi ijrosi tahlil qilinishi, mavjud yutuq va kam¬chiliklar aniqlanib, muammolar yechimi bo‘yicha muloqotlar o‘tkazish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida quyidagi yo‘nalishlarda ilg‘or tajribalarni tinglash, bahs-munozara yuritish, o‘zaro fikr almashish va kelgusi rejalarni belgilab olish tavsiya etiladi:
1. Mahorat maktabi — ona tili va adabiyot o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatishning markazi sifatida.
2. O‘quvchilarda yozma nutq malakalarini rivojlantirish — DTS talablari asosida.
3. Ta’lim sifati monitoringini olib borishda nazorat ishlarining o‘rni.
4. Zamonaviy pedagogik texno¬logiyalardan foydalanish — o‘qitish samaradorligini oshirish omili.
5. Ona tiliga ehtirom tuyg‘ularini singdirishda darsdan tashqari tadbirlarning ahamiyati.
6. Fan oyligi samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish.
7. O‘quvchi husnixati — ona tili o‘qituvchilari mehnatining ko‘zgusidir.
8. Darslarda muloqot madaniyatini shakllantirish tajribasidan.
9. Fanlararo aloqa tamoyilidan foydalanish tajribasidan.
10. Mavzulararo uzviylikni ta’¬minlash — puxta bilim olish omili.
11. O‘quvchilarni matn tuzishga o‘rgatish tajribasi.
12. Yozma ishlarda xatolar ustida ishlash usullari.
Ma’lumki, o‘quvchilarga DTS ta¬lablari darajasida bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish ko‘p jihatdan dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishga bog‘liq. Dars samaradorligi o‘qituvchi tayyorgarligi va mavzuni o‘quvchilarga yetkazib berish mahoratiga bog‘liq. Puxta hozirlikka asoslangan dars qiziqarli o‘tadi va ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Mashg‘ulotlarni darslik asosida qurish faqat darslikda berilgan topshiriqlar bilan cheklanishni nazarda tutmaydi, albatta. O‘qituvchi darslikdan ijodiy foydalanishi, ya’ni zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha shartlar kiritishi, o‘zi tuzgan mashqlardan ham foydalanishi mumkin.
O‘quvchi qiziqishi, iqtidori, bilim darajasini inobatga olgan holda yakka tartibda va tabaqalashtirib o‘qitishni ta’minlash, ona tili ta’limi maqsad-vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Joriy yilda “Til ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish — samaradorlik omili” mavzusi doimiy til anjumanida muhokama etildi. Sho‘ba yig‘ilishlarida ushbu anjuman materiallaridan unumli foydalanish va ishtirokchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishni tavsiya qilamiz.
Ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘quvchilar bilim sifati monitoringini izchil yo‘lga qo‘yish muayyan ahamiyat kasb etadi. Monitoring, asosan, ona tili bo‘yicha o‘tkaziladigan yozma ishlar vositasida aniqlanadi. Diktantda o‘quvchilarning imlo savodxonligi, bo‘g‘in ko‘chirish, satrdan-satrga ko‘chirish qoidalariga rioya qilishi, ishora belgilarini o‘rnida ishlata bilish ko‘nikmalari tekshirilsa, ijodiy bayon, matn tuzish, insho kabi yozma ish turlarida esa fikrlash qobiliyati, uslubiy savodxonligi kabi jihatlar aniqlanishining ahamiyati borasida o‘qituvchilarga sho‘ba yig‘i¬lishlarida tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili darsligi ta’limning muhim vositasi hisoblanadi. Xususan, o‘quvchilarda fikrini og‘zaki va yozma shakllarda ijodiy, to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakl¬lantirish va rivojlantirish maqsadi maktab dasturi va o‘quv darsliklarida o‘z ifodasini topgan. Ma’lumki, 2013—2014-o‘quv yilida 6–7-sinf Ona tili darsliklari mazmunan takomillashtirilib, qayta nashr qilindi. Shuningdek, darslarni qo‘shimcha vositalar bilan boyitish maqsadida 2013—2014-o‘quv yili uchun 46 nomdagi plakatlar to‘plami chop etildi. Bunday yordamchi vositalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, o‘rga¬nilayotgan til hodisasini amalda qo‘llashda muhim o‘rin egallaydi.
Amaliyotchilarning metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 5–7-sinflar darsligi asosida yaratilgan “O‘qituvchi kitobi”ning to‘ldirilgan varianti qayta nashr qilindi. (N.Mahmudov va boshqalar. T.2011 y. “Tafakkur” nashriyoti), 6-sinf bo‘yicha o‘qituv¬chilar uchun metodik qo‘llanma
(M.Abduraimova va boshqalar. T. 2012 y. “Sharq” nashriyoti)yangidan yara¬tildi. Nazorat ishlari, bayon, diktant o‘tkazish maqsadida “Diktantlar to‘plami” va “Bayonlar to‘plami” nashr qilindi. Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarida ushbu metodik qo‘llanmalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.

ADABIYOT
O‘quv yilining dastlabki mashg‘uloti — “Istiqlol saboq¬lari” ko‘tarinki ruhda “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbe¬kiston!” shiori ostida o‘tka¬zilib, o‘quvchilar qalbida Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat, milliy an’analarimiz va qadriyatla¬rimizga hurmat hissini tarbiya¬lashga qaratilishi lozim.
Bu borada adabiyot fanining o‘rni va ahamiyati katta. Shu bois o‘quvchilarni mutolaaga o‘rgatish, oilaviy kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish uchun adabiyot o‘qituvchilarining ota-onalar bilan oilada kitob o‘qish, bu borada muhokama o‘tkazish, natijani kuzatish kabi masalalarda hamkorlik o‘rnatish yaxshi natija berishi turgan gap.
Shuningdek, 5—6-sinflarda G‘afur G‘ulom, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Nosir Fozilov, Anvar Obidjon, Normurod Norqobilov, Ezop, Ernest Seton Tompson, Hans Kristian Andersen, Jonatan Svift kabi milliy, qardosh va chet el yozuvchilarining sarguzasht-larga boy badiiy asarlarini o‘qish va bolalarning taassu¬rotlari bo‘yicha suhbat uyushtirish hamda xulosa chiqarishga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Yuqori sinflarga o‘tgan sari o‘quvchilar mustaqil mutolaaga o‘ta boshlaydilar.
O‘quvchilarni kitobga qiziqtirishning yana bir samarali usuli bu — darsni musobaqa tarzida tashkil etishdir. “Kim ko‘p badiiy asar o‘qigan?”, “Kim she’rni ifodali yoddan aytadi?”, “Kim ko‘p dostondan parcha yod olgan?”, “Kim ko‘p g‘azal yod biladi?”, “Kimning shaxsiy ijodiy ishlari chop etilgan?” mavzularida sinf¬lararo musobaqalar tashkil etilsa, o‘quvchilar, albatta o‘z iqtidorlarini namoyish etishga harakat qiladilar.
O‘quvchilarni fanga, badiiy asar mutolaasiga qiziqtirishda, mashg‘u¬lotlarni tashkil etishda har bir muallim o‘z tajribasidan kelib chiqib yondashadi, albatta. U, jumladan, quyidagi jihatlarga asoslansa, ta’lim-tarbiyada kutilgan natijaga osonroq erishiladi:
• Adabiyot darslarida ifodali o‘qishga katta e’tibor qaratilishi. O‘qituvchi matnni bolalar qalbiga kirib boradigan darajada his qildirib (ovozni balandlatish, pasaytirish, to‘xtash o‘rinlarini belgilash, vazni, ritmi, diksiyasini to‘g‘rilash, obrazga kirish va hokazo), ifodali, ta’sirchan tarzda o‘qishi, o‘quvchi hissiyoti, tuyg‘ularini qo‘zg‘ata olishi, atoqli san’atkorlar ijrosida o‘qilgan, ertak qahramonlari ovozi yozilgan matnlarni magnit tasmasidan eshittirishi va bolalarni shunday o‘qishga o‘rgatishi nafaqat fanga qiziqishni orttiradi, balki bola qalbiga ruhiy orom beradi, estetik didini o‘stiradi, she’riyatga, kitob mutolaasiga mehr uyg‘otadi.
• Dars mashg‘ulotlarini xilma-xil, rang-barang, an’anaviy va noan’anaviy tarzda tashkil etish (pedagogik va axborot texnologiyalari, media darslar, sayohat darslari, ijodkorlarning uy-muzeylarida mashg‘ulot va hokazo).
• O‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchilari (ularga tayyor bilimlar berish yaxshi natija bermaydi)ga aylantira olish. Bolalarga mustaqil fikr bildirish, rad etish, isbot qilish, o‘z fikrini himoya qilish imkonini yaratish.
• O‘rganishga berilgan asarlarni mustaqil hamda sinfdan tashqari o‘qish, chuqur tahlil hamda muhokama qilish, ular yuzasidan bahs-munozara, debatlar uyushtirish.
• Bolalar yosh xususiyatiga, ruhiyatiga, tabiatiga yaqin asarlardan namunalar, qiziqarli, dramatizmga boy parchalar o‘qib berish yoki qiziqarli yerida to‘xtatib, asarni o‘qishni tavsiya qilish.
• Sinfdan tashqari tadbirlarda o‘rganilgan asarlardan parchalarni sahnalashtirish, rollarga bo‘lib o‘qish, she’rxonlik, g‘azalxonlik, ruboiyxonlik kabi adabiy kecha va musobaqalar, uchrashuvlar tashkil qilish(tadbirlarga yozuvchi va shoirlar, sahna ustalari, ota-onalar, mehnat faxriylarini taklif etish).
• O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida boshlanishi berilgan hikoyani davom ettirishga, asarni bo‘limlarga bo‘lib, sarlavha topishga, kichik badiiy matn, ertak, she’r, ocherk yozishga o‘rgatish va dastlabki ijod namunalarini kichik kitobcha shakliga keltirib, bezatish. «Birinchi kitobcham» sarlavhali mazkur ijod mahsullaridan eng yaxshilarini taqdirlash va hokazo.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, badiiy asarlarni o‘qish, kitob mutolaasi, she’r, g‘azal yodlashga qiziqtirishda fikrlar quruq chaqiriq, tashviqot tarzida bildirilishidan qochish kerak. Chunki bu yo‘sindagi topshiriqlar, quruq nasihatlar bolaga ta’sir qilmaydi. Aksincha, ularni bezdiradi.
O‘quvchilarni fanga, badiiy asar mutolaasiga qiziqtirishda ifodali o‘qish, ijrochilikning ahamiyati katta. O‘qituvchi matnni qanday o‘qisa, o‘quvchi shunga o‘rganadi. Shu bois matn o‘qishga o‘qituvchi avvaldan tayyorlansa, bola qalbidagi tuyg‘ularni qo‘zg‘ata oladigan darajada o‘qisa, o‘quvchilarning asar mutolaasiga mehri, e’tibori ortadi va bundan olgan taassurotlari hech qachon yodlaridan chiqmaydi.
Dars jarayonida 5¬–9-sinflar uchun adabiyot fanidan yaratilgan elektron darsliklar, o‘quv filmlari, multimedia¬lardan imkon darajasida o‘rinli foydalanish yaxshi samara beradi. Zero, o‘qish-o‘rganish bilan birga ko‘rish, idrok etish o‘quvchi tasavvurini boyitadi, bilimlarini yorqin¬lashtiradi, xotirasida uzoq saqlanadi. O‘rganganlarini tekshirish, xato qilgan bo‘lsa, to‘g‘rilab olish imkonini beradi. Shu imkoniyat o‘quvchini rag‘bat¬lantiradi, uning o‘ziga ishonchi ortadi. Shu boradagi mavjud tajribalarni o‘rtoqlashish esa har bir amaliyotchi o‘qituvchi faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Darsliklar bilan ishlashda o‘qituvchi o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, yangi kiritilgan mavzular mazmun-mohiyatiga ko‘ra mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘rganishga berilgan asarlar yuzasidan o‘quvchini o‘qishga, mustaqil mutolaaga qiziqtirish, matn ustida ishlashga o‘rgatish, multime¬dialardan, elektron darsliklardan, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Adabiyot fani bo‘yicha Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish va tajriba almashish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. “Istiqlol saboqlari” darsi qanday tashkil etiladi va nimalarga e’tibor qaratish muhim?
2. O‘qituvchining kasbiy mahorati va dars.
3. Qiziqarli dars tashkil etishda o‘quv filmlari va multimedialarning o‘rni.
4. Monitoring va bilimlar bella¬shuvi natijalari va kelgusidagi vazifalar.
5. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash – samaradorlik omili.
6. Elektron darslik, u bilan qanday samarali ishlanadi?
7. Fan to‘garaklari kutilayotgan natijani berayaptimi?
8. Badiiy matn ustida ishlash – o‘quvchilarda ezgu insoniy fazilatlarni shakllantirish omili.
9. “Dars – muqaddas” yo‘nali¬shidagi ish tajribalari taqdimotlari.
Berilgan mavzular yuzasidan davra suhbatlari, bahs-munozaralar, taqdimotlar tashkil etilishi mumkin.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berishini hisobga olib, yig‘ilishlar imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Прикрепления: Kartina 1
Просмотров: 2065 | Добавил: maktab41changi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Saytga kirish
Sytdan qidirish
Taqvim
«  Oktabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2024
Конструктор сайтов - uCoz