Shanba, 12.10.2024, 11:30
Siz qanday kirdingiz Гость | Группа "Гости" | RSS

 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi  rasmiy web saxifasi 


Sayt menyusi
Категории раздела
Tabriklaymiz -qutlaymiz [0]
Tug'ilgan kun, o'quvchilar va o'qituvchilar yutuqlari , Bayram kunlari
Sayt haqida fikringiz
Saytga baho bering
Всего ответов: 12
Статистика

Jami onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0

Главная » 2014 » Sentabr » 3 » Mustaqillik dars ishlanmasi
18:22
Mustaqillik dars ishlanmasi
Mustaqillik dars ishlanmasi
Dars shiori: Yagonasan, Muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’ZBEKISTONIM !
Dars mavzusi: O‘zbekiston – jannat yurt.
Dars maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga O‘zbekiston mustaqil davlat ekani, davlat mustaqilligining asosiy belgilari, o‘tgan davr mobaynida xalqimiz murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganini, turli sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, hal qiluvchi tarixiy vaziyatlarda birlashib, bir musht bo‘lib maydonga chiqqani, o‘zining mustahkam irodasi, qat’iyat va matonati, yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etishga erishganini o‘quvchilar yoshiga mos ravishda singdirish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Sinkveyn”, FSMU texnologiyasi
Dars jihozi: Darslik, globus, “Odobnoma” fanidan proeksion qo‘llanma, mustaqillik va vatan mavzusiga oid slaydlar va plakatlar, kartochkalar, oq qog‘oz va markerlar.

№ Dars bosqichlari Ajratilgan vaqt
1 Tashkiliy qism (Faollashtiruvchi savol javoblar) 5 daqiqa
2 Yangi mavzuni yoritish 10 daqiqa
3 Guruhlarda ishlash 18 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
5 Uyga vazifa 2 daqiqa

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:

1. “Istiqlol” va “Mustaqillik” so‘zlarining ma’nosini bilasizmi?
2. Mustaqillikka qachon erishdik?
3. Mustaqillik to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Davlatimiz Prezidenti kim?

O‘quvchilar savollarga javob berib, darsga ruhan tayyorlanadilar.
Kartadan O‘zbekiston chegarasi ko‘rsatiladi.

1991 yil 31 avgustdan e’tiboran O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Mustaqillik tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan qurbonlarsiz, umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.
Mana yigirma ikki yildan beri 1 sentyabr – Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu bayram Vatanimiz mustaqilligi, yurtimiz ozodligi ramzi bo‘lgani bois uni aynan shunday ta’rif etamiz.
Vatan dunyodagi eng buyuk, eng muqaddas ne’mat bo‘lgani uchun uning mustaqilligi ham shu qadar e’zozlidir.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Bu bir necha yillar mobaynida davom etgan kurashlar natijasi.
Mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz, ko‘xna qadriyatlarimiz tiklandi, biz jahondagi barcha xalqlar qatori ozod va erkin bo‘ldik.
Bugun hayotimizning qaysi jabha va sohasini olmaylik, erkinlikka va ozodlikka erishgan, o‘z aql-zakovati, bilimi va kuch qudratiga ishongan xalqimiz o‘zining amaliy ishlari bilan buyuk marralarga ko‘tarilishiga qodir ekanini isbotlamoqda (dars jarayonida mustaqillik va vatan mavzusiga oid slaydlar va plakatlar foydalaniladi).
Mana shunday tinch, mustaqil, farovon hayotning qadriga yetib yashash, uning boyliklarini asrab-avaylashni burch deb bilib, bundan keyin ham uning gullab yashnashiga va taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish har birimizning vazifamizdir.
Guruhlar bilan ishlash.
Sinf o‘quvchilari “Vatan”, “Mustaqillik”, “Mustahkam oila” guruhlariga bo‘linadi va uchta stolga bo‘lingan tarzda o‘rin olishadi. Guruhlarga oq qog‘oz va markerlar tarqatiladi.
“Vatan” guruhi a’zolari vatan o‘z ichiga nimalarni olishini rasmlar, so‘zlar va she’riy satrlar orqali tasvirlab beradilar.
“Mustaqillik” guruhi a’zolari “Sinkveyn” metodi orqali mustaqillik so‘zi o‘z ichiga nimalarni olishini tasvirlaydilar.
“Obod turmush” guruhi a’zolari obod turmush so‘z birikmasi o‘z ichiga nimalarni qamrab olishni tasvirlab beradilar.
Guruhlar nomidan bittadan o‘quvchi qog‘ozda tasvirlangan narsalarni izohlaydi.
Sinf taxtasiga oldindan ilib qo‘yilgan “O‘zbekiston” deb nomlangan quyidagi krossvord o‘quvchilarga havola qilinadi. Har bir savolga bittadan o‘quvchi chiqib katakchalarga javobni yozadi.

1. O‘zbekistonda barcha millat vakillari ............ va inoq yashaydi. (Do‘st)
2. Mustaqillik so‘ziga ma’nodosh so‘z (Ozodlik)
3. Yurtimizning tub aholisi .................dan tashkil topgan. (O‘zbeklar)
4. O‘zbekiston poytaxti (Toshkent)
5. O‘zbekiston chegarasi ............... qo‘riqlanadi. (Mustahkam)
6. Davlatimiz ramzlaridan biri (Madhiya)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ismi (Islom)
8. Biz buyuk ........... egasimiz (Tarix)
9. Davlatimiz ramzlaridan biri (Bayroq)
10. Milliy yangi yil bayrami (Navro‘z)

5

4 6 9

3
1 2 7
8 10
O‘ Z B Е K I S T O N






Mustaqillik darsida olingan bilimlarni mustahkamlash:
3ta guruhga o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan topshiriqlar yozilgan kartochkalar topshiriladi (topshiriqlar o‘tilgan mavzudan kelib chiqqan holda tuziladi). Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, mantiqiy fikrlashga undash va mavzuni mustahkamlashdir. Guruhlarga berilgan savollarga FSMU texnologiyasi asosida javob berish o‘quvchilardan talab qilinadi, ya’ni, F – fikrlang; S – sabab ko‘rsating; M – misol keltiring; U – umumlashtiring.
Guruh a’zolari berilgan vazifaga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishadi. Tayyorlanish uchun 5 daqiqa ajratiladi. Guruhlar nomidan bittadan o‘quvchi jamoa fikrini bayon qiladi. Tayyorlanish jarayonida o‘quvchilarning o‘z fikrlarini daftarga yozishlari so‘raladi. Guruh aozolari bir-birlarining fikrini to‘ldirib, bahs-munozaraga kirishishlari mumkin.

Uyga vazifa: Mustaqillikka oid she’r yodlash yoki rasm chizib kelish.
Прикрепления: Kartina 1
Просмотров: 3606 | Добавил: maktab41changi | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Saytga kirish
Sytdan qidirish
Taqvim
«  Sentabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

Copyright MyCorp © 2024
Конструктор сайтов - uCoz